calendar 26 Oktabr 13:55

Chet tillarni bilish global integratsiyaning talabidir

Yangi raqamli texnologiyalar va axborot resurslari hayotimizga kirib, mamlakatlarning barcha sohalariga: iqtisodiyot, fan, madaniyat, ta’lim va ma’naviy merosga global integratsiyalashuvi jarayonlarini tubdan mustahkamladi. Dunyo bo‘ylab muloqot bir necha tillarda amalga oshiriladi, jumladan rus tilida ham. Rus , ingliz, fransuz, arab, ispan va xitoy tillari bilan bir qatorda BMT rasmiy tili maqomiga egadir.

 

Ammo so‘nggi paytlarda ayrim «siyosatchilar» va hozir «jurnalistlar»ning chiqishlaridan O‘zbekistonda rus tilini o‘rganish foydasiz ekanligi haqidagi gaplar eshitilmoqda.


Sh.M. Mirziyoev ular bilan bahs yuritar ekan: «Buyuk rus madaniyati har doim o‘zbek jamiyati ma’naviy hayotining ajralmas qismi bo‘lib kelgan va bo‘ladi», deya takidladilar.


Shuningdek, Prezident O‘zbekistonda «Rus klassikasi durdonalari» ning 100 tomlik to‘plami o‘zbek tilida nashr etilishini ma’lum qildilar.


Davlat rahbarining bunday qarashlarida ajablanarli narsa yo‘q, chunki tillarni bilish nafaqat jahon madaniyati cho‘qqilariga qo‘shilish, balki jahon hamjamiyatining to‘liq a’zosi kabi his qilish imkonini beradi, chunki «siz nechta tilni bilasiz, shuncha marta insonsiz». Shoir Xamid Olimjonning so‘zlari: «Navoiyni e’zozlagan barcha uylarda , Pushkin ham e’zozlanadi».


1942 yilning eng og‘ir qishida qamal qilingan Leningrad shahri aholisi o‘zbek tilining asoschisi Alisher Navoiyning 500 yilligi sharafiga xotira tadbirlari o‘tkazganini esda tutishimiz kerak. Ochlik va tinimsiz bombardimonlardan charchagan odamlar muzlab qolgan xonadonlardan ko‘chaga chiqib, muz, qor bosib yurar edi. Isitilmaydigan Ermitajning muzli zallarida ziyolilar ulug' shoirning satrlarini tinglash uchun to‘planardilar. Doim to‘yib ovqatlanmasligi tufayli holdan toygan tarjimon N. Lebedevni zalga qo‘lda ko‘tarib olib borilgan. Va u Navoiyning she’rlarini asl eski O‘zbek (Chig‘atoy) tilida, so‘ng rus tilida tarjimasini o‘qib bergan. Shu payt shaharda yana bir artilleriya zarbasi boshlandi. Ammo birorta tinglovchi zalni tark etmadi. Navoiy asarlarini o‘qishlari Leningradda yil davomida urush davrida davom etdi.


Navoiy asarlarini rus tiliga tarjimalariga bo‘lgan qiziqish esa hozir ham so‘nmayapti. Isbot tariqasida «Sharq Ayoli» Xalqaro ayollar jamoat fondi loyihasi doirasida Alisher Navoiyning «Nazm ul-javohir» va «Xamsat Ul-Mutahayyirin» asarlari rus tiliga tarjima qilingan (tarjimonlar- akademik Aziz P.Kayumov, va Yozuvchilar uyushmasi a’zosi professor Dinora S.Azimova).

 

Mehnat kuchi eksport sohasi til bilimining sof amaliy foydalarining yana bir ko‘rgazmali tasdig‘idir. Chet elga ishlash uchun ketayotgan o‘zbekistonlik muhojirlar uchun eng ommabop til rus tilidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 14 sentyabrdagi «Xavfsiz, tartib va qonuniy mehnat migrasiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni bilan 2021 yildan boshlab xorijga ishga ketayotganlarni majburiy kasb-hunar, avvalo, tilga o‘rgatish tartibi joriy etilmoqda.

Rus tilini bilish darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, o‘zbekistonlik mehnat migrantlari Rossiyada ham shunchalik yuqori haq to‘lanadigan ish o‘rinlarini egallaydi.

 

Shuni unutmaylikki, internetdagi ingliz tilidagi global ma’lumotlar bazasidan keyin ikkinchisi o‘rinda rusiyzabon internet segmenti hisoblanadi. Bugun esa ayrim kishilar yoshlarimizni nafaqat bilim olish, balki jahon iqtisodiyoti, ilm-fani va san’atida munosib o‘rin egallash imkoniyatidan mahrum etmoqchi.

 

Saodat Tursunbayeva,

Toshkent viloyati Kengashi deputati, «Sharq Ayoli» XAJF ning boshqaruvi raisi,

O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti fahriy professori.

birds birds