calendar 11 Fevral 12:03

Bolajon va tabiat

Bugun Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengash Ijroiya koʼmitasi tomonidan Toshkent shahri, Yakkasaroy tumanidagi 48-umumiy oʼrta taʼlim maktabida “Bolajon va Tabiat” mavzusida davra suhbati oʼtkazildi. 


Tadbirni tashkil etishdan maqsad kelajak avlod ongida atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy boyliklar, jumladan, daraxtlarni asrab-avaylash, ona tabiatga zarar yetkazmaslik, chiqindilarni oʼz vaqtida belgilangan joylarga tashlash, yashil hududlarga zarar yetkazmaslik kabi ekologik madaniyatni shakllantirishdan iborat. 

Davra suhbati davomida ishtirokchilar bilan amaliy mashgʼulotlar oʼtkazildi. Аmaliy mashgʼulotda ekologiyaga oid qizikarli tez aytishlar, topishmoqlar va “Bolajon va Yer” hamda “Аtrof muhitni ifloslantirmang” mavzusida videoroliklar taqdim etildi. 


 Tadbir soʼngida faol ishtirok etgan bolalarga Oʼzbekiston Ekologik partiyasi tomonidan bolalar uchun qulay tilda yozilgan, hayvonlar, daraxt va dunyo suv zaxiralari toʼgʼrisidagi “Buloqcha” (“Rodnichok”) jurnali sovgʼa qilindi.

 

 

Ergash Moxinurxon
Oʼzbekiston Ekologik partiyasi 
Markaziy Kengash Ijroiya Koʼmitasi 
bosh mutaxassisi

birds birds