calendar 06 May 13:51

2022 Yil - Xalqaro tog'lar yili

Bugun Toshkentdagi akademik F. N. Rusanov nomidagi Botanika bogʼida xoʼjalik faoliyatini amalga oshirishda Oʼzbekiston Respublikasi togʼli hududlarining biologik xilma-xilligini muhofaza qilishga bagʼishlangan axborot-tahliliy seminar boʼlib oʼtdi.


Seminar Oʼzbekiston Ekologik partiyasi hamda ZOI xalqaro yekologik tarmogʼi koʼmagida CEPF fondi, shuningdek ekologiya va barqaror rivojlanish sohasidagi kompaniya "MAINS UNIT" MChJhamkorligida oʼtkazildi. 

 

 

2022 yil Birlashgan Millatlar tashkiloti tomonidan turizm infratuzilmasi va boshqa faoliyatlarning rivojlanishi tufayli zaif boʼlib kelayotgan togʼ ekotizimlarining flora va faunasini himoya qilish kuchaytirish maqsadida xalqaro togʼlar yili deb yeʼlon qilindi. 

 


Seminar davomida yekologik turizmning amaliyoti va istiqbollari, shu jumladan, zaif va noyob biologik turlarning yashash joylarini oʼz ichiga olgan muhofaza yetiladigan tabiiy hududlarni asrash boʼyicha soʼz yuritildi.

 

 

Ishtirokchilar qimmatli maʼlumotlarga yega boʼlib, barqaror turizm va atrof-muhitni boshqarish amaliyoti boʼyicha tavsiya va takliflar ishlab chiqishda ishtirok yetdilar.

birds birds