calendar 02 Noyabr 06:40

Bilasizmi?

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi doiraviy konvensiyasi “Parij bitimi"  2015 yil 12 dekabrda Fransiya poytaxti Parijda imzolangan. Konvensiya 2016 yil 4 noyabrdan kuchga kirgan.

 

Hozirgi vaqtda Parij bitimini imzolagan 195 mamlakatning 180 tasi mazkur hujjat ishtirokchisi hisoblanadi. Bitimni ratifikatsiya qilmagan mamlakatlar kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lib, ular uchun xalqaro tashkilotlar tomonidan iqlimga doir dastur va loyihalarni moliyalashtirishda cheklovlar qo‘llaniladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi 2018 yil 2 oktabrda Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha xalqaro Parij bitimiga qo‘shildi.

birds birds