calendar 27 Iyun 07:53

Oʼrmon xoʼjaligi ilmiy tadqiqot institutida “Yangilanayotgan konstitutsiyada ekologik kafolatlar ifodasi” mavzusida davra suhbati boʼlib oʼtdi

Konstitutsiyalarga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish har bir jamiyat tarixida kuzatiladigan hodisa.  Bunday choralarni belgilashga zarurat, ayniqsa, oʼtish davrini boshdan kechirgan davlatlar tarixida yaqqol kuzatiladi.

 


Bunda Konstitutsiyani oʼzgartirish aksariyat hollarda jamiyatni yangilanish sari harakatlantirish maqsadida mamlakatning siyosiy, iqtisodiy yoki ijtimoiy hayotiga ilgʼor gʼoyalarni olib kirish uchun amalga oshiriladi.

 


Xususan, joriy yilning 24 iyunь kuni Oʼrmon xoʼjaligi ilmiy tadqiqot institutida Oʼzbekiston Ekologik partiyasi va Oʼrmon xoʼjaligi davlat qoʼmitasi bilan hamkorlikda “Yangilanayotgan konstitutsiyada ekologik kafolatlar ifodasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 


Unda Oʼrmon xoʼjaligi davlat qoʼmitasi rahbariyati, Oʼzbekiston Ekologik partiyasi vakillari, Oʼrmon xoʼjaligi ilmiy tadqiqot instituti xodimlari, Ekopartiya faollari va aʼzolari, hamda OАV ishtirok etdilar. 

 


Tadbirni Oʼrmon xoʼjaligi davlat qoʼmitasi raisi Nizomiddin Bakirov ochib berdi va bugungi konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati haqida gapirdi.

 


Shu bilan birga Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi oʼrinbosari Аbdushukur Xamzaev 2022 yilning 20 iyunь sanasida Prezidentimiz tomonidan Konstitutsiyaviy islohotlar boʼyicha oʼtkazilgan videoselektordagi nutqlarida bildirilgan har bir taklif bugungi real holat, hayot bilan bogʼlab tushuntirilib, chuqur asoslab berilgani, Yangi Oʼzbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida keng koʼlamli islohotlarni amalga oshirishning aniq maqsad va vazifalari belgilangani mamlakatimizda insonparvar, huquqiy, demokratik davlat qurish borasida tom maʼnoda yangicha davr, shart-sharoitlarga mos yangi konstitutsiyaviy asoslar yaratish hamda qonunchilik bazasini takomillashtirilayotgani, “Inson qadri uchun” gʼoyasini hamda hozirgi islohotlarimizning bosh tamoyili boʼlgan “Inson – jamiyat – davlat” degan yondashuvni Konstitutsiyamizning mazmuniga chuqur singdirib, amaliy hayotimizda bosh qadriyatga aylantirishimiz zarurligi haqida maʼruzalar qildi.

 


Shundan soʼng, tadbirda koʼp yillardan buyon Oʼrmon xoʼjaligi ilmiy tadqiqot institutida direktor lavozimida ishlab kelgan А.Xamzaev va hozirgi kunda Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi oʼrinbosari lavozimiga oʼtganligi munosabati bilan hurmat va ehtirom bilan Oʼrmon xoʼjaligi davlat qoʼmitasi rahbariyati tomonidan tantanali ravishda muborakbod etilib, kuzatish marosimi oʼtkazildi. 

 


Shuningdek, Oʼrmon xoʼjaligi davlat qoʼmitasi raisi oʼrinbosari Gʼolib Qurbonov boshchiligida bir qator Oʼrmonchilik sohasida faoliyat olib borayotgan olimlar va xodimlar Oʼzbekiston Ekologik partiyasi aʼzoligiga qabul qilindilar.

 


Mazkur davra suhbati qizgʼin savol-javob, munosabat, munozaraga boy boʼlib, Oʼrmon xoʼjaligi davlat qoʼmitasi xodimlari oʼzlarining 20 dan oshiq takliflarini berishdi.

birds birds