Ishonchi vakil Mirzaobod tumanida bo‘ldi

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodovning Sirdaryo viloyatidagi ishonchli vakili O.Begiev Mirzaobod tumanidagi Bolalar Musiqa va san’at maktabida saylovchilar bilan saylovchilar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ishonchli vakil nomzodning tarjimai holi, faoliyati, saylovoldi dasturidan joy olgan ustuvor vazifalar haqida saylovchilarga to‘liq ma’lumot berdi.
Nomzodning saylovoldi dasturida ilgari surilgan 7 ta asosiy yo‘nalish, yashil iqtisodiyotga o‘tishni jadallashtirish, qayta tiklanuvchi muqobil erergiyani rivojlantirish, energiya samaradorligini oshirish, iqlim o‘zgarishlariga moslashish, Orol fojeasini yumshatish kabi muhim maqsad va vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.
Uchrashuv savol-javoblar bilan davom etdi.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi
Matbuot xizmati