calendar 10 Oktabr 15:19

Narzullo Oblomurodov Nurafshon shahridagi korxonada bo‘ldi

Ma’lumki ichimlik suvi ta’minoti suv manbalari, nasos qurilmalari, suv tozalagich inshootlari, suvini iste’molchilarga yetkazib beruvchi tarmoq va boshqa ko‘pgina moslama qurilmalardan iborat murakkab tizim hisoblanadi.

 

Bugunga kelib, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida toza ichimlik suvi taqchilligi dolzarb masala bo‘lib turgan bir vaqtda, yurtimizda ushbu masalaga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narzullo Oblomurodovning saylovoldi dasturida ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini yaxshilash, oqova suvlarni tozalash inshootlarini modernizatsiya qilish hamda yangilarini qurish kabi bir qator vazifalar o‘rin olgan.

Shu maqsadda Narzullo Oblomurodov bugun Nurafshon shahrida bo‘lib, shahar aholisiga ichimlik suvini yetkazib berish, oqova suvlarni qayta ishlashda tatbiq etilayotgan loyihalar bilan tanishdi.

 

Bugunga kelib, Toshkent viloyatining ma’muriy markazi Nurafshon shahrida 48 mingdan ziyod aholi vakillari istiqomat qilayotgan bo‘lib, ularning 21 ming nafari markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlagan. Qolgan 35 foizi muqobil ichimlik suvi manbalaridan foydalanadi.

 

Bu yerda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.

 

Narzullo Oblomurodov ana shunday loyihalardan biri “Comfort Engineering Group” MChJ bo‘lib, yaqin vaqt ichida ishga tushishi rejalashtirilgan korxona faoliyati bilan tanishdi.

 

Loyiha qiymati 5 million AQSh dollari bo‘lgan oqova suvlarni tozalash inshooti Rossiya va Latviyaning ilg‘or texnologiyalari bilan jihozlangan bo‘lib, bu yerda bir kecha-kunduzda 4 ming kubometr oqova suv qayta ishlanib, yaqin atrofdagi baliqchilik xo‘jaliklari hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishga yetkazib beriladi.

Shuningdek, oqova suvlarni qayta ishlashda hosil bo‘lgan turli chiqindilardan biologik o‘g‘it tayyorlanadi. Eng asosiysi bu yerda qayta ishlangan suv iste’molchilarga yuborilgunga qadar atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi hamda kimyoviy birikmalardan mutlaqo holi hisoblanadi.

 

Korxona ishga tushgach 10 nafar mahalliy yoshning doimiy bandligi ta’minlanadi.

 

Narzullo Oblomurodov korxona faoliyatini kengaytirish, oqova suv xizmatlari sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida o‘z taklif va tavsiyalarini berdi

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Matbuot xizmat

birds birds