calendar 04 Oktabr 11:03

Rishtonda saylovoldi uchrashuvi

Rishton tumanidagi Tibbiyot texnikumida sog‘liqni saqlash tizimi vakillari, nuroniylar va yoshlar ishtirokida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.

 

Uchrashuvda nomzodning ishonchli vakili Sherzod Mustafakulov O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning tarjimai holi va saylovoldi dasturi mazmun-mohiyatini saylovchilarga yetkazdi.

Targ‘ibotda "Biz kelajak uchun javobgarmiz" shiori ostidagi saylovoldi dasturining yettita asosiy yo‘nalishi, partiyaning muhim shiorlari, ekologik barqarorlikni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, "yashil iqtisodiyot" tushunchalari xususida so‘z bordi.

Global ahamiyat kasb etayotgan iqlim o‘zgarishining xavfi, ichki migratsiyani harakatga keltirishi mumkinligi, o‘z navbatida aholining daromad mabalariga, iste’mol tovarlari ishlab chiqarilishi va ularning narxiga keskin ta’sir ko‘rsatishi, nomzodning dasturida bu kabi muammolarga samarali yechimlar taklif etilayotgani ta’kidlandi.

Uchrashuv savol-javoblar asosida samimiy ruhda o‘tdi.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Matbuot xizmati

 

birds birds