calendar 09 Oktabr 13:58

Kosonsoy tumanida ishonchli vakil saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Kuni kecha O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzod Narzullo Naimovich Oblomurodovning Namangan viloyati bo‘yicha ishonchli vakili Abdug‘affor Nazarov Abdujabbarovich ishtirokida Kosonsoy tumanida joylashgan Madaniyat markazining faollar zalida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

 

100 nafardan ziyod saylovchi ishtirok etgan ushbu uchrashuvda Ekologik partiyaning Kosonsoy tumani Kengashi raisi Q.Abdulhaev, tuman Kengashi deputati V.Alohanov va mas’ullar so‘zga chiqishdi.

 

Tadbirning asosiy qismida ishonchli vakil ma’ruza qildi. Ma’ruza davomida mamlakatimizda va jahonda yuz berayotgan ekologik muammolar va ularning yechimi to‘g‘risi a’lohida ma’lumot berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Ekologik partiyasining Ustavi, maqsad-vazifalari haqida, qolaversa partiyadan Prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzod Narzullo Naimovich Oblomurodovning saylov oldi dasturi haqida atroflicha ma’lumotlar va tushunchalar berib o‘tildi.

 

Tadbir so‘ngida uchrashuv ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Matbuot xizmat

birds birds