calendar 22 Fevral 04:47

Vatanparvarlik atrof-muhitni asrashdan boshlanadi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Bog‘ot tuman Kengashi va “Vatanparvar tashkilotining Bog‘ot tuman bo‘limi hamkorligida tumandagi 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Yuksalish” MFY xodimlari, mahallaning hokim yordamchisi Umidjon Bobojonov,  yoshlar yetakchisi Umidjon Yoqubboev hamda maktab o‘qituvchilari ishtirokida “Sog‘lom muhit – inson salomatligi” va “Vatanparvarlik oliy maqsadimizdir!”  mavzularida davra suhbati o‘tkazildi.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Bog‘ot tuman  Kengashi raisi, Xalq deputatlari Bog‘ot tuman Kengashi deputati U.Ibrahimov so‘zga chiqib, davlatimiz rahbari tomonidan ekologiya va atrof muhitni yanada yaxshilash borasida olib borilayotgan siyosatning asosiy maqsadlari haqida so‘zlab berdi. Jumladan,  yer, suv, atmosfera havosi, o‘simlik va hayvonot dunyosini qat’iy muhofaza qilish va uning resurslaridan oqilona foydalanishda mamlakat fuqarolarining ekologik madaniyatini keskin oshirish, tushuntirish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini uzluksiz davom etdirish lozimligi ta’kidlandi.

Zaminimizni “Yashil makon”ga aylantirish bugunning eng dolzarb vazifasi qilib belgilangani hamda har bir fuqaro yurtimiz obodligi uchun o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishlari tushuntirildi. Savollarga aniq javob qaytargan faol va bilimdon o‘quvchilarga partiya logotipi tushirilgan sovg‘alar va kitoblar tarqatildi. 

 

Bog‘ot tuman O‘STK ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha inspektori Sh.Ro‘ziboev so‘zga chiqib, “Vatanparvar” tashkilotining maqsad va vazifalari, moddiy teznika bazasi zamonaviy jihozlangani, bu yerda yaratilgan qulayliklar yuzasidan ma’lumotlar berdi.

Tadbirda yurtboshimizning yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mamlakatda harakat xavfsizligini ta’minlash, uni amaliyotga to‘liq joriy qilish vaqti soati kelgani to‘g‘risidagi so‘zlari ishtirokchilarning e’tiboriga yana bir bor yetkazildi. Davra suhbati qizg‘in va mazmunli savol javoblar bilan yakunlandi.

                                    

Gulnora Sa’dullayeva

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Bog‘ot tuman Kengashi

“Ayollar qanoti” yetakchisi

 

Erkaboy Sapayev

"Vatanparvar"tashkiloti

Bog‘ot tuman bo‘limi sport murabbiyi

birds birds