calendar 12 Oktabr 14:58

Narzullo Oblomurodov “St-Energy” MChJ ga bordi

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narzullo Oblomurodov Xorazm viloyatiga amalga oshirgan safari chog‘ida Urganch shahridagi “St-Eenergy” ma’suliyati cheklangan jamiyatiga bordi. Bu yerda nomzod korxona xodimlari bilan uchrashib, samimiy muloqot qildi.

 

“St-Energy” ma’suliyati cheklangan jamiyati mas’ullari Narzullo Oblomurodovga korxona haqida batafsil ma’lumot berdi.

Ayni paytda mazkur korxona piyodalar yo‘lakchalarida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida quyosh energiyasida ishlaydigan, tartibga soluvchi chiroqlarni o‘rnatish va ta’mirlashlashni, ichki yonuv dvigatelli avtomobillarga elektr dvigatellari elektr batareyalar o‘rnatib gibrid usulida, elektr hamda benzinda ishlashga moslashtiradi.

Shuningdek, avtomashinalarni elektr energiyasida ishlashga moslashtirish bilan shug‘ullanadi.

 

Korxona cho‘l hududlaridagi cho‘ponlar va o‘rmonchilar uchun quyosh qozonlari yetkazib bermoqda.

 

“St-Energy” ma’suliyati cheklangan jamiyati bugungi kunda barcha zamonaviy mahsulotlarni dunyoning yetakchi kompaniyalari hamda mamlakatimizdagi ishlab chiqaruvchilaridan xarid qiladi. Istiqbolda esa, mahalliylashtirish dasturi doirasida bu yerda kamida 65 foiz mahsulotni ishlab chiqarishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

Narzullo Oblomurodov korxona faoliyatini ijobiy baholab, muvaffaqiyat tiladi.

 

Uchrashuv so‘ngida N. Oblomurodov energiya resurslaridan unumli foydalanish, aholi bandligini ta’minlash, sohada malakali mutaxassislarni tayyorlash va aholiga ekologik toza hamda sifatli mahsulotlarni tayyorlash bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Matbuot xizmat

birds birds