calendar 23 Aprel 06:36

Poytaxtimizda “22-aprel Butunjahon Yer kuni”ga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Yer muammolariga insoniyatning e’tiborini qaratish maqsadida 1970 yildan boshlab har yili 22 - aprel kuni jahondagi barcha mamlakatlarda tadbirlar va aksiyalar o‘tkaziladi.

 

Jumladan, joriy yilning 22 - aprel kuni poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan “SEHRIYO” xususiy maktabida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti, O‘zbekiston Ekologik harakati, “Maxsustrans” DUK va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda “Butunjahon Yer kuni” munosabati bilan “Yer-bizning uyimiz” mavzusida davra suhbati hamda “Yashil Makon” loyihasi doirasida daraxt ekish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad tabiatga ozor bremaslik, uning tabiiy boyliklaridan va ne’matlaridan oqilona foydalanish, jonivorlarga ozor yetmaslik va atrof-muhitni asrab avaylash kabi jihatlarni yoshlarga singdrishdan iborat.

Davra suhbatida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti raisi S.Fayzieva, O‘zbekiston Ekologik harakati devon rahbari J.Azizov, “Maxsustrans” DUK rahbari maslahatchisi I.Sagdullaev va Ekopartiya Olmazor tumani partiya tashkiloti raisi Sh.Umarxadjaevalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Tadbirda maktabning 10 - va 11 - sinf o‘quvchilari bilan “Xalqaro Yer kuni” ga bag‘ishlangan turli xil viktorinalar, qiziqarli o‘yinlar va savol javoblar o‘tkazildi.

Shundan so‘ng, maktabni boshlang‘ich sinflari o‘rtasida ochiq osmon ostida chiqindilarni to‘g‘ri saralash bo‘yicha eko mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida yaxshi niyatlar ila “Yashil Makon” loyihasi doirasida maktab hududiga mevali daraxt ko‘chatlari o‘quvchilar bilan birgalikda ekildi.

 

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Toshkent shahar partiya tashkiloti

birds birds