calendar 11 Oktabr 12:05

Prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov: “Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik holatni yaxshilash ustuvor vazifa”

O’zbekiston Ekologik partiyasidan O'zbekiston Prezidentligiga nomzod Narzullo Oblomurodovning Mo'ynoq tumani Madaniyat saroyida qoraqalpog‘istonlik saylovchilar bilan uchrashuvi boshlandi.

 

Uchrashuvda nomzodning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ishonchli vakili Leyla Seytova Narzullo Oblomurodovning tarjimai holi va saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi.

 

Prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov sӯnggi yillarda Orolbo’yi xalqining ijtimoiy turmush darajasini yaxshilash, inson salomatligini mustahkamlash, ekologik muammolarni bartaraf etish sohasida olib borilayotgan xayrli ishlarda O’zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar to’g‘risida to’xtalib o’tdi.

Ta’kidlanganidek, global iqlim o‘zgarishlari, havo haroratining ko‘tarilishi, Orol dengizining qurishi, cho‘llanish, salbiy meteorologik jarayonlarni takrorlanishi, yer hamda suv resurslaridan nooqilona foydalanish, biologik xilma-xillikning qisqarishi, o‘simlik va hayvonot dunyosi genofondining yomonlashuvi, ko‘p miqdordagi sanoat va maishiy chiqindilarning to‘planishi kabi global va mintaqaviy ekologik muammolarni paydo bo‘lishiga olib keldi.

Ushbu muammolar iqlim o‘zgarishi sodir bo‘layotgan sharoitlarda yanada yaqqol namoyon bo‘lib, O‘zbekiston uchun atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik holatni yaxshilash ustuvor vazifa hisoblanadi.

 

Mamlakatda ekologik holatni yaxshilash, yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda jamiyatning barcha kuchlarini birlashtirishga yo‘naltirilgan davlat siyosatini ishlab chiqishva amalga oshirish talab etiladi.

 

Bu yuksak vazifani mamlakat siyosiy maydonida yangi siyosiy kuch sifatida kirib kelgan va ilk bor Prezident saylovlariga o‘z nomzodini ilgari surayotgan O‘zbekiston Ekologik partiyasi bajarishga qodir.

Biz kelajak uchun javobgarmiz” shiori ostidagi saylovoldi dasturning bosh maqsadi – mamlakatda ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yashil taraqqiyot tamoyillarini iqtisodiyotning barcha sohalariga joriy etish orqali xalqimiz va kelajak avlod uchun munosib turmush sharoitlari hamda farovon jamiyat barpo etishdan iboratdir.

 

Manba : UzA

 

birds birds