calendar 11 Aprel 08:52

Ekologik barqarorlikni ta’minlash ustuvor vazifa

Ekologik muammolarni bartaraf  qilish, atrof-muhit muhofazasi jamiyatimiz oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Bu borada yurtimizda, muhtaram Yurtboshimiz tashabbusi va boshchiligida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, keyingi vaqtlarda Orol bo‘yi hududini yaxshilash,  “Yashil makon”, “Yashil yillik” umumilliy loyihasi asosida daraxt ekish ishlari amalga oshirish, yurtni ko‘rkam va obod maskanga aylantirish borasida keng ko‘lamli ishlar bajarilmoqda.

Bu jarayonda O‘zbekiston Ekologik partiyasining o‘rni va ahamiyati kattadir. Bu boradagi ishlarni yanada jonlantirish, partiya tashkilotlari faoliyatini yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Alijon Jalilov boshchiligida Markaziy apparat xodimlari joriy yilning 11 aprel kuni Ekologik partiyaning Farg‘ona viloyat Kengashida bo‘lib, partiyaning viloyat kengashi hamda tuman va shahar partiya tashkiloti raislari va mutaxassislari bilan bevosita muloqot o‘tkazdi.

Suhbat va muloqotlar davomida partiya ustavida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalar, dasturiy maqsadlar, loyihalar bo‘yicha atroflicha fikr va mulohazalar almashilmoqda. Partiya kengashi faoliyatini yanada yaxshilash, hududdagi ekologik muammolarni bartaraf etish, murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada yaxshilash, partiyaga a’zolar sonini ko‘paytirish, a’zolik badallarini yuritish, targ‘ibot tadbirlarini ko‘paytirish va samarali tashkil etish, bu jarayonda yuzaga kelgan masalalar va bartaraf etish bo‘yicha batafsil suhbatlashilmoqda. Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha ishlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilmoqda.

birds birds