calendar 22 Fevral 14:33

Dolzarb 15 kunlik: 350 dan ortiq targ'ibot tadbirlari o'tkazildi

Bugun O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi majlislar zalida hududiy partiya tashkilotlari raislari ishtirokida (ZOOM ilovasi orqali) yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

Unda bir qator masalar ko‘rib chiqildi va muhokama qilindi. Jumladan, “Biz kelajak uchun javobgarmiz!” shiori ostida “Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish” mavzusidagi “Dolzarb 15 kunlik” targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazilish xolati tahlil qilindi.

 

Tahlillarga ko‘ra “Dolzarb 15 kunlik” targ‘ibot tadbirlarining dastlab 3 kunida tuman(shahar) partiya tashkilotlari tomonidan 100 dan ortiq chiqindi bilan bog‘liq muammolar aniqlanib, shu kunning o‘zida partiya tashkiloti raislari nazoratida bartaraf etilgan.

Tuman(shahar) partiya tashkilotlari tomonidan 350 dan ortiq targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib jami 15000 ming dan ziyod aholi va yoshlar targ‘ibot tadbirlarda ishtirok etgan. Bir qator tuman (shahar) partiya tashkilotlari tomonidan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani, ayrimlarida umuman o‘tkazilmagani to‘g‘risida tanqidiy fikrlar bildirilib, ularga jiddiy ogohlantirish berildi.

 

Shuningdek, yig‘ilishda O‘zbekiston Ekologik partiyasinnig 2022 yilgi ish rejasi loyihasi, partiya a’zolari safini kengaytirish borasida qilinayotgan ishlar muhokama qilindi.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Matbuot xizmati

birds birds