calendar 05 Oktabr 03:01

Darxon ilmiy tajriba xo‘jaligida

Bugun O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi hamkorligida Toshkent viloyatidagi Darxon ilmiy tajriba xo‘jaligida ekotur tashkil etildi.

Darxon ilmiy tajriba xo‘jaligi

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Darxon ilmiy tajriba xo‘jaligida bugungi kunda 60 turdan ortiq 250 mingga yaqin manzarali daraxtlar va butalar parvarishlanmoqda.

Ekotur doirasida ishtirokchilarga mamlakatimiz o‘simlik dunyosida, xususan, ekilayotgan manzarali daraxtlar tarkibidagi o‘zgarishlar, mamlakatimizni mavjud daraxt va o‘simliklar, atmosfera havosi ifloslanishi darajasi yuqori bo‘lgan sanoat shaharlarida daraxt turlarini ko‘paytirishning ahamiyatiga doir ma’lumot berildi.

Darxon ilmiy tajriba xo‘jaligi

Tadbir davomida O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narzullo Oblomurodov ishtirokchilarga o‘zining saylovoldi dasturi haqida batafsil ma’lumot berdi.

Jumladan, 

 

  • Orol dengizining qurigan tubida o‘rmon-meliorativ ishlarini amalga oshirish yo‘li bilan Orolbo‘yini ekologik jihatdan sog‘lomlashtirish;
  • qurigan dengiz o‘rnini o‘rmon bilan to‘liq qoplash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, ko‘chatchilik va o‘rmonlashtirish ishlariga davlat-xususiy sheriklik tizimini joriy etish orqali
  • Orolbo‘yi hududidagi aholining bandligini ta’minlash;
  • Nukus, Buxoro, Urganch, Xiva, Navoiy, Mo‘ynoq kabi aholi yashash punktlari atrofida “yashil belbog‘lar” barpo etish hamda mazkur hududlardagi istirohat bog‘lari maydonlarini kengaytirish;
  • Orolbo‘yi hududining Qozog‘iston hamda Turkmaniston bilan tutash hududlarida transchegaraviy muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish kabi ustuvor vazifalar o‘z aksini topgan.

 

  Narzullo Oblomurodov Darxon ilmiy tajriba xo‘jaligidagi issiqxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Ekopartiya rahbari yurtimizda issiqxonalarni ko‘paytirish va unda ekiladigan o‘simliklar turini oshirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

  Bu borada iqlim sharoitlarni hisobga olish, ilmiy va amaliy jarayonlarning mutanosibligini ta’minlash lozimligini ta’kidladi.

Shu yerning o‘zida o‘tkazilgan samimiy muloqot chog‘ida mazkur xo‘jalik faoliyatini kengaytirish, yurtimiz iqlimiga xos daraxt ko‘chatlarini parvarishlash borasida aniq tavsiyalar berildi.

Darxon ilmiy tajriba xo‘jaligi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi mamlakatimizning barcha fuqarolarini insonlarning sog‘lig‘ini saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va bebaho tabiiy boyliklarini asrab-avaylashdek muhim vazifani bajarishda faol ishtirok etishga chaqiradi.

birds birds