calendar 05 Oktabr 03:12

Andijon viloyatida saylovdi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Bugun Andijon viloyati Shaxrixon tuman Madaniyat saroyida O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narzullo Oblomurodovning Andijon viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatlari, partiya faollari, viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi vakillari, talaba yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Uchrashuvni O‘zbekiston Ekologik partiyasidan viloyat Kengashi deputati, Qo‘rg‘ontepa tumani Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari Gulbahor Qosimova ochib berdi.

Shundan so‘ng,  nomzodning Andijon viloyati bo‘yicha ishonchli vakili Xokimxon Maksumov so‘zga chiqib, Narzullo Oblomurodovning tarjimai holi bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.

Navbat O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod Oblomurodov Narzullo Naimovichga berildi. Narzullo Oblomurodov muqobil energiya manbalarini barpo etish, "Yashil taraqqiyot”ga o‘tish jarayonlarini tezlashtirish, chiqindilarni qayta ishlash kabi atrof muhit barqarorligini ta’minlash uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarga batafsil to‘xtalib o‘tdi va o‘z saylovoldi dasturining mohiyatini yig‘ilganlarga atroflicha tushuntirib berdi. Nomzodning saylovoldi dasturida belgilab berilgan ustuvor vazifalarga uchrashuv ishtirokchilari o‘z munosabatlarini bildirdilar hamda qo‘llab-quvvatladilar.

Muzokaralardan so‘ng, ishtirokchilar tomonidan saylovoldi dasturi bo‘yicha berilgan savollarga nomzod tomonidan javoblar berildi.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi mamlakatimizning barcha fuqarolarini insonlarning sog‘lig‘ini saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va bebaho tabiiy boyliklarini asrab-avaylashdek muhim vazifani bajarishda faol ishtirok etishga chaqiradi.

 

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Matbuot xizmati

 

birds birds