calendar 10 Fevral 16:31

“Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha muhim masalalar belgilab olindi

Bugun O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi majlislar zalida ZOOM ilovasi orqali hududiy partiya tashkilotlari raislari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

Unda joriy yilning 2 fevral kuni Prezidentimiz raisligida “Chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish va hududlardagi ekologik holatni yaxshilash, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha 2022 yildagi ustuvor vazifalar” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan masalalar muhokama qilindi.

 

Yig‘ilishda, davlatimiz rahbari tomonidan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga jiddiy e’tibor qaratilayotgani, xususan, chiqindilar bilan ishlash tizimi va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yangi vazifalar belgilab berilganligi ta’kidlab o‘tildi.

Muammoli masalalarni hal qilishda viloyat, tuman va shahar partiya tashkilotlari Markaziy Kengash bilan bog‘lanish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, eng asosiysisi, ko‘chat ekish tadbirlarida hisob-kitoblarni haqqoniy olib borish, kunlik monitoring qilish bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berildi.

   

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Matbuot xizmati

birds birds