calendar 14 Fevral 15:37

Dolzarb 15 kunlik: Maqsad aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida hududiy partiya tashkilotlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda “Biz kelajak uchun javobgarmiz!” shiori ostida “Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish” mavzusida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha 14 fevraldan 28 fevralgacha dolzarb 15 kunlik e’lon qilindi.

 

Targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishda tuman partiya tashkilotlari tomonidan partiya faollari, faol nuroniylar, ekopartiyadan saylangan deputatlardan iborat har bir tumanda targ‘ibot guruhi shakllantiriladi.

 

Har bir viloyat partiya tashkiloti raislari, viloyat xodimlari, tuman partiya tashkiloti raislari hamda joylardagi boshlang‘ich partiya tashkiloti yetakchilari har 5 kunda aholining va o‘sib kelayotgan yosh avlodda ekologik madaniyatini yuksaltirish, atrof-muhitga oqilona munosabatda bo‘lishiga chaqirish borasida video va yozma yozuvlar orqali keng ChELLENJlar o‘tkaziladi.

 

O‘tkaziladigan targ‘ibot tadbirlarini ommaviy axborot vositalarda hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilishda shuningdek, partiya a’zolari safini kengaytirish, hududiy va tuman-shahar partiya tashkilotlari tomonidan OAVda chiqishlar va targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi.

 

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Markaziy Kengashi matbuot xizmati

birds birds