calendar 04 Iyun 13:20

Ekologik muammolarni bartaraf etishda innovatsion g‘oyalar muhim ahamiyat kasb etadi

Har yili 5 iyun - “Butunjahon atrof muhit kuni” sifatida butun dunyoda keng nishonlanib kelinadi. Xususan, yurtimizda ham ushbu muhim ekologik sana bag‘ishlab keng aholi qatlamini qamrab oluvchi turli amaliy-targ‘ibot tadbirlari, xususan turli darajadagi uchrashuvlar, davra suhbatlari hamda respublika darajasidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etiladi.

 

Bugun O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi hamda partiya Markaziy kengashi hamkorligida mazkur sanaga bag‘ishlangan “Ekologik startaplarni hayotga tadbiq etish” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

 

Konferensiyada so‘z olgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari Xayrillo Gapporov, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov va boshqalar so‘nggi yillarda mamlakatimizda atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muammolarni bartaraf etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanib, mazkur sohalarda ulkan islohotlar amalga oshirilayotganligini aytib o‘tishdi.  

Shu bilan birga 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida “Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish” yo‘nalishini belgilanganligi ham mamlakatimizda atrof muhitga bo‘lgan yuksak e’tiborning namunasi ekanligini ta’kidlandi.

 

Ekologik muammolarni bartaraf etishda innovatsion loyiha va texnologiyalarni hamda ekostartaplarni amaliyotga tadbiq etish o‘z samarasini bermoqda. Jumladan, BMT Bosh assambleyasi 75-sessiyasida qabul qilingan “Orol bo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar xududi deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi maxsus rezolyusiya bo‘yicha davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan tasdiqlangan “yo‘l xaritasi”ga muvofiq 71 - banddan iborat chora-tadbirlar hamda 65 ta ustuvor innovatsion loyihalar amalga oshirilayotgani Orolbo‘yi hududida ekologik holatni yashilashga xizmat qilmoqda.

Mazkur konferensiyaning asosiy maqsadi, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atmosfera havosining ifloslanishining oldini olish, suv sifatini yaxshilash, chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash kabi ekologik muammolarni bartaraf etish va atrof-muhit holatini yanada yaxshilashga qaratilgan eko-startap loyihalarini o‘rganish va ommalashtirishdir.

 

Tadbir ishtirokchilari tomonidan mintaqada ekologik muammolardan suv resurslarining taqchilligi, yashil xududlarning qisqarib borayotgani, xayvonot va nabodot olamining genafondiga yetkazilayotgan zararlarni inobatga olib hamda bu jarayonlarni oldini olish borasida ham mamlakatimizda aniq chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi ilmiy yondoshuvlar asosida fikrlar bildirildi.

Konferensiya davomida o‘ttizdan ortiq ilmiy ma’ruzalar va taqdim etilgan loyihalar muhokama etilib, atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilar bilan ishlash bo‘yicha “Mikroorganizmlarni polietilenni parchalash xususiyatini tadqiq etish”, ekoturizmni rivojlantirish borasida “O‘zbekistonda ornitologik eko-turizmni rivojlantirish istiqbollari”, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda qishloq xo‘jaligi sohasini innovatsion rivojlantirish borasida “Kollektor va drenaj suvlari bilan bog‘liq ekologik muammolar va ularni yumshatish usullari” hamda muqobil energiyadan foydalanish samaradorligi oshirish maqsadida “Muqobil energiya uchun salix l. jinsli modda” vaQuyosh energiyasi yordamida suv chuchutgich qurilmasimavzusidagi loyihalar ishtirokchilar tomonidan yuqori baholandi.

 

Shu bilan birga, ilmiy amaliy anjuman ishtirokchilari mavjud ekologik muammolarni bartaraf etishda ekologik innovatsiyalarni joriy etish, ekologik toza, energiya samarador va resurstejamkor loyihalarni amalga oshirish, “yashil iqtisodiyot”ga amaliyotga tadbiq etish mamlakatimizning ekologik xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash, tabiiy resurslarni tejash imkonini berish bilan bir qatorda iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlanishiga, aholimiz farovonligini yanada oshishiga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdilar.

Konferensiyada ilgari surilgan g‘oyalar, innovatsion texnologiyalar va eko-startaplarni ommalashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar qabul qilindi. 

birds birds