calendar 29 Aprel 16:32

SAHRODA BOG‘ YARATAYOTGAN PARTIYA!

Qizilqum – 30 mln. yil ilgari vujudga kelgan jahonning eng yosh cho‘llaridan biri. Qizilqum sahrosi Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi ulkan maydonni egallagan bo‘lib, uning umumiy maydoni 260 000 kv. km.ni tashkil etadi. Iqlimi tez o‘zgaruvchan yozi jazirama, qishi qahraton.

Shu sababli ushbu o‘lkada daraxt ekib, bog‘ yaratish mashaqqatli mehnat hisoblanadi.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi va Buxoro viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamkorligida Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N.Oblamurodov tashabussi bilan joriy yil bahorida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirda Buxoro viloyatining “Jayron” pitomnigi yonida,  Qizilqum cho‘llarida bog‘ yaratilgan edi.

“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun normalarining Buxoro viloyatida o‘rganish ishlarini olib borayotgan O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi deputatlari mazkur bog‘da daraxtlarni parvarishlash, sug‘orish jarayonlari borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

 

     Mohira XODJAEVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, 

Ekologik partiyas fraksiyasi a’zosi

birds birds