calendar 06 Aprel 13:37

Ekologik muammolarning aholi salomatligiga ta’siri

Xabar berganimizdek, bugun 7 - aprel — “Butunjahon salomatlik kuni” munosabati bilan Facebook ijtimoiy tarmog‘ida “Eko-Soat” loyihasining navbatdagi soni jonli muloqot tarzida bo‘lib o‘tdi.

 

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nosirjon Aminov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Saidrasul Sanginov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi a’zosi Shodiyor Azizovlar ishtirok etdi.

“Eko-Soat”da ekologik muammolarning aholi salomatligiga ta’siri, iqlim o‘zgarishlari, atrof-muhitni asrash, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida qilinayotgan ishlar, chiqindi muammolari va ularni bartaraf etish borasida so‘z yuritilib, ijtimoiy tarmoq orqali kelgan savollarga javob berildi.

 

Ta’kidlanganidek, ekologik muammolar davlat chegaralarini hamda boshqa to‘siqlarni bilmaydi. Ular global xususiyatlar kasb etadi. Ekologik o‘zgarishlarning salbiy xususiyatlarini hisobga olgan holda mamlakatimizda ekologik muammolarni ijobiy hal qilishga katta e’tibor berilmoqda. Tabiatni muxofazalash, Orol dengizi, ekologik ta’lim va tarbiya muammolariga bag‘ishlangan xalqaro va respublika darajasida tadbirlar tadbirlar tashkil etilmoqda. Kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ekologik muammolarni oldini olish, Orol dengizining qurigan tubida yashil hududlarni tashkil etishga qaratilgan yirik loyihalar amalga oshirilayotgani diqqatga sazovor.

“Eko-Soat” loyihasida atrof-muhit muhofazasi va atmosferaga zararli gazlarning tarqatilishi natijasida aholi salomatligiga zarar yetkazayotgan ishlab chiqarish obyekti bo‘yicha ko‘tarilgan muammoni hal etish uchun tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi kiritiladigan bo‘ldi.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Markaziy Kengashi Matbuot xizmati

 

birds birds