calendar 30 Iyun 11:43

Konstitutsiyaviy islohotlar inson huquqlarini toʼla-toʼkis taʼminlashga qaratilgan.

Bugun Xorazm viloyati, Urganch tumani hokimligida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri oʼrinbosari Xayrullo Gapparov hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Kamol Jumaniyozovlar ishtirokida “Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokamasiga bagʼishlangan tadbir oʼtkazildi. 

 


 Tadbirda Konstitutsiyaviy qonun loyihasi Bosh qomusimizning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq oʼzgartirishlar kiritishni nazarda tutayotgani qayd etildi. 

 


 Ularning aksariyati mazmun-mohiyatiga koʼra, “inson – jamiyat – davlat”, “Yangi Oʼzbekiston – ijtimoiy davlat” degan tamoyillarni konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlashga, xalqparvar davlat barpo etishga, inson huquqlarining himoyasi va ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga, yoshlarning huquq va manfaatlarini toʼla taʼminlashga qaratilganligi taʼkidlandi. 

 


Shuningdek, oʼzgartishlar sifatli va malakali tibbiy xizmatni tashkil etish, taʼlimni rivojlantirish, xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, fuqarolik jamiyati institutlarining maqomini va ekologik muhofaza kabi masalalarni konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qoʼyish bilan bogʼliq ekanligi aytib oʼtildi.

birds birds