calendar 27 Aprel 16:48

Dehqonobod tumanidagi qo‘ng‘ir ayiq bolasi bilan bog‘liq holat yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot

Davlat ekologiya qo‘mitasi inspektorlari va  tuman IIB xodimlari bilan birgalikda olib borilgan tezkor qidiruv natijasida gumondor shaxslar Dehqonobod tumani, "Oqqishloq" MFY,  Qizilsoy qishlog‘ida yashovchi fuqaro K.Sh. ekanligi ma'lum bo‘lib, uning xonadoni tekshirilganida bir dona ayiq bolasining terisi topildi.

 

Shuningdek, ayiq bolasi terisini saqlab kelgan fuqaroning so‘zlariga ko‘ra, u ayiq bolasini o‘lik holda topganligini iddao qilmoqda.

 

Bu holatga aniqlik kiritish maqsadida ayiq bolasi terisi ekspertizadan o‘tkaziladi.

 

Gumondor shaxsdan tushuntirish xati olinib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Hozirda tuzilgan ishchi guruh tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

 

Holat yuzasidan qo‘shimcha ma'lumotlar taqdim etiladi.

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati

birds birds