calendar 04 Oktabr 06:29

4 - oktabr — Butunjahon hayvonlarni himoya qilish kuni

Mazkur sana 1931 - yilda Florensiya shahrida (Italiya) Xalqaro tabiatni himoya qilish harakati faollari tashabbusi bilan ta’sis etilgan.


Xalqaro Yovvoyi tabiatni himoya qilish jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, har kuni yer yuzidan jonivorlarning 3 tadan turi yo‘qolib ketmoqda. So‘nggi chorak asr davomida sayyoramizning biologik xilma-xilligi 30 foizga qisqargan.


XIX asr davomida butun dunyoda 150 turdagi sut emizuvchilar, asosan katta va 139 ta qushlar yo‘qoldi. Va bu raqamlar so‘ngisi emas, bugungi kunda hayvonot olamining ko‘plab turlari butunlay yo‘q bolib ketishga arafasida. 


Shu bois, ko‘plab mamlakatda ushbu sanada hayvonlarni himoya qilish jamiyatlari tomonidan turli targ‘ibot aksiyalari, ommaviy tadbirlar o‘tkazib kelinadi.

 

Ovchilar bir kun bo‘lsada hayvon va qushlarni o‘ldirmang. Baliqlarni ovlamang!

 

Siz ham shu kunga o‘z hissangizni qo‘shing, farzandlaringizga hayvon va qushlarga nisbatan mehrli bo‘lishni o‘rgating.

 

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Matbuot xizmati

birds birds