calendar 30 Sentabr 18:12

Ustoz va murabbiylar e’tiborda

2021 yil 30 - sentabr kuni O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 123 - umumiy o‘rta ta’lim maktabining pedagog-o‘qituvchilari bilan uchrashdi

Uchrashuv 1 oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan  ustozlarni tabriklashdan boshlandi.

 

Nomzod yig‘ilganlarni o‘zining saylovoldi dasturida ko‘rsatilgan dolzarb yo‘nalishlar bilan qisqacha tanishtirib, quyidagilarni ta’kidladi: “Ekologiya - insoniyat uchun hayot-mamot masalasiga aylandi. Shunday ekan ta’lim dargohidan boshlab ekologik madaniyatni yosh avlod ongiga singdirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ishni amalga oshirishda ta’lim sohasidagi pedagog xodimlarning o‘rni katta desak xato bo‘lmaydi.”

 

Narzullo Oblomurodovning saylovoldi dasturida ham ta’limga keng o‘rin ajratilgan bo‘lib, maktabgacha ta’lim qamrovini 100 foizga, oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 40 foizga yetkazish, uzluksiz ta’lim sifatini mustaqil baholash tizimini shakllantirish va qo‘shimcha pedagogik ta’lim xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish kabi yo‘nalishlar belgilab qo‘yilgan.

 

Nomzod o‘qituvchilar va ustozlar faqatgina bayramlarda emas  har doim hurmat va e’tiborga loyiq ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

 

Shuningdek, uchrashuv davomida o‘qituvchilar bilan maktab hududidagi daraxtlarni saqlash va ko‘paytirish, sug‘orish-irrigatsiya tizimini yaxshilash va yoshlarda atrof muhitga bo‘lgan munosabatni yanada yaxshilash yuzasidan fikr almashildi.

 

Ushbu fursatdan foydalanib, N.Oblomurodov yurtimizda faoliyat olib borayotgan barcha o‘qituvchi va murabbiylarni ushbu qutlug‘ sana samimiy tabriklab, ularga mustahkam sog‘liq, mashaqqatli va sharafli mehnat faoliyatida zafarlar tilab qoldi.

 

 

 

O’zbekiston Ekologik partiyasi

Matbuot xizmati

birds birds