calendar 20 Mart 14:58

Yangilanish va yasharish ayyomi — Navro‘zi olam muborak!

Aziz yurtdoshlar, barchangizni bahor timsoli, yangilanish va yasharish, nafosat va go‘zallik ayyomi Navro‘zi olam bilan samimiy qutlaymiz!

 

Eng go‘zal bayramlar bilan boshlanadigan bahor yurtimizga fayzu baraka, dasturxonlarimizga to‘kin-sochinlik olib kelsin. Ezgu niyatlar ila “Yashil yillik” tadbirlari doirasida yerga qadayotgan ko‘chatlarimiz o‘nib-o‘sib, O‘zbekistonimizni yanada go‘zal va obod diyorga aylantirsin.

 

Navro‘z atrofni saramjon-sarishta qilish, ona tabiatga mehir berishdek ezgu an’ana va qadriyatlarimiz bilan hamohang bayramdir. Ayni kunlarda shaharu qishloqlarimiz chiroy ochib, yanada go‘zal maskanlarga aylanmoqda.

 

Mana shunday shukuhli kunlarda xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, o‘zingizga sihat-salomatlik tilaymiz. Bahoriy kayfiyat yil bo‘yi hamrohingiz bo‘lsin.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi

birds birds