calendar 24 Mart 14:55

Muammolar deputat ishtirokida o‘z yechimini topmoqda

Xalq dardini eshitish, odamlarning muammolarini hal qilishda ko‘maklashish, ijtimoiy masalarning ijobiy yechim topishida yordam beradigan shaxs – bu fuqarolarning ishonchli vakili, albatta, o‘sha hududdan saylangan deputatdir.

 

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga 123-Shovot saylov okrugidan saylangan deputat, Ekologik partiya fraksiyasi a’zosi Kamol Jumaniyozov ham xalq dardini eshitish, odamlarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish, ularni ijobiy yechim topishida ko‘maklashish maqsadida Shovot tumanidagi “Do‘stlik” MFYda yashovchi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda fuqarolar tomonidan bildirilgan turli masalalardagi muammo va takliflarni ijobiy hal etish maqsadida yuqori turuvchi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi kiritiladigan bo‘ldi. Shuningdek, tuman miqiyosida yechilishi mumkin bo‘lgan ayrim muammolar shu joyning o‘zida tuman hokimi o‘rinbosariga ma’lum qilindi.

Deputat “Yashil yillik” umumummilliy tadbiri doirasida “Do‘stlik” MFY hududida tashkil etilgan ekohasharda ham ishtirok etdi. Shovot tuman hokimi o‘rinbosari, shuningdek, partiya faollari, Shovot shaharchasi “Do‘stlik” MFY raisi va mahallaning  ko‘ngilli fuqarolari ishtirok etgan hasharda deputat K.Jumaniyozov tomonidan olib kelingan 1200 tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

 

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi matbuot xizmati

birds birds