calendar 20 Aprel 23:33

Sanitariya-ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbir

Joriy yilning 20 - aprel kuni O‘zbekiston ekologik harakati hamda O‘zbekiston ekologik partiyasi Olmazor tumani partiya tashkiloti tomonidan «Toshkent shahar Olmazor tumanidagi maxallallarda  aholini sanitariya-ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan ijtimoiy sheriklik» loyixasi doirasida Poytaxtimizning Olmazor tumani “Baxtiyor makon” 120 - sonli  Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tadbir yushtirildi.

Tadbirda O‘zbekiston ekologik harakati, O‘zbekiston ekologik partiyasi, Olmazor tumani MTB vakillari, hamda  Olmazor tumani “Baxtiyor makon” 120 -  sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori, ushbu muassasa tarbiyachilari  va  bolalar ishtirok etdilar.

Tadbir boshida  bog‘cha xududida daraxt ekish  aksiyasi o‘tkazildi. Bog‘cha tarbiyalanuvchilariga daraxtni qanday ekishni, suv quyushni ko‘rsatib berildi, ular ham katta qiziqish va zavq bilan ishga kirishishdi. Zero kattalar farzandlar uchun namuna bo‘lmog‘i lozim.

 

Ekologik tarbiyaning ilk negizi oiladan boshlanishi kerak. Farzandlarimizga yoshligidanoqona tabiatga, bizni o‘rab turgan tevarak atrofga g‘amxo‘rlik qilishni o‘rgatishimiz zarur. Farzandlarimiz uyda onalari gullarni parvarish qilayotganini, otalari esa jonivorlarga g‘amxo‘rlik qilayotganini ko‘rsa, kelajakda ular ham xuddi  shunday qilishadi.

Tadbir davomida bog‘cha tarbiyalanuvchilariga “Ozodalik sog‘lik garovi” mavzusida davra suxbati o‘tkazildi. Bolalarga yuqimli kasaliklarni oldini olish uchun ko‘chadan kelganda, ovqatlanishdan oldin yuz qo‘llarini sovun bilan yaxshilab yuvish, faqat qaynatilgan suv ichish, badantarbiya mashg‘ulotlar bilan muntazam shug‘ullanish, hamda bolalarga ota onalariga eslatma tarikasida ozadalikga rioya qilish, suvni va elektr energiyasini tejash, belganmagan joyga chiqindi tashlamaslik, ishlatilgan  kog‘ozlarni yig‘ib, ularni qayta ishlashga topshirish, draxt va gullar ekish, hayvonot olami vakillariga ozor bermaslik kabi tushunchalar takidlab o‘tildi.

 

Tadbir so‘ngida bog‘cha tarbiyalanuvchilari tomonidan konsert dasturi uyushtirildi.

Bunday tadbirlar farzandlarimizga atrof muhitni asrashda kuzatuvchi emas, balki ishtirokchi bo‘lishga undaydi

 Birgalikda tabiatga g‘amxo‘rlik qiling!

O‘zbekiston ekologik harakati

 

birds birds