calendar 05 Dekabr 08:59

Quyi Amudaryo Davlat biosfera rezervatida

Xabaringiz bor, joriy yilning 27 - noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani hududidagi Quyi Amudaryo Davlat biosfera rezervati o‘rmonzorida (“Amudaryo” daryosi ikkiga ajralgan va qayta qo‘shilgan joyi oralig‘idagi orolcha) yong‘in sodir bo‘lib, mazkur yong‘in FVV yong‘in-qutqaruv ekipajlari va mas’ul tashkilotlar hamkorligida bartaraf etildi.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi N.Oblomurodov yong‘in sodir bo‘lgan hududda bo‘lib, tabiatga yetkazilgan zarar ko‘lami hamda uni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, mutaxassislar bilan yong‘indan talofat ko‘rgan hududdagi o‘simliklarni qayta tiklash ishlari yuzasidan fikr almashdi.

 

Ma’lumot o‘rnida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati Beruniy hamda Amudaryo tumanlari hududida joylashgan bo‘lib, uning umumiy maydoni 68 ming 717,8 gektarni tashkil etadi.

 

Qo‘riqxona qat’iy tartibdagi muhofaza etiladigan tabiiy hudud hisoblanib, u ilmiy tadqiqotlar va monitoring olib borishga mo‘ljallangan. Hududidagi bir qancha o‘simliklar, qushlar, baliqlarning turlari O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan. Bundan tashqari, ushbu biosfera rezervatida hasharotlarning 1 ming 124 turi uchraydi.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Matbuot xizmati

birds birds