calendar 03 Mart 07:47

Senatorlar navbatdagi yalpi majlisda ko‘riladigan masalalarni dastlabki tarzda muhokama kildilar

Joriy yil 3 mart kuni Senatning Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi.

 

Unda Qo‘mita va ekspertlar Kengashi aʼzolari, masʼul vazirlik va idoralar mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.



Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibi masalalari dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi. Xususan, “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, “Organik mahsulotlar to‘g‘risida”gi, “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi,  “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimi yana-da takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlar atroflicha muhokama qilindi.

 

Qo‘mita aʼzolari  “Organik mahsulotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Taʼkidlanganidek, Qonun bilan organik mahsulotlar  sohasidagi munosabatlar tartibga solinadi. Xususan, organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning huquq va majburiyatlari belgilab berilgan. Bundan tashqari, organik mahsulotlarni ishlab chiqarishga o‘tish shartlari, organik mahsulotlarni ishlab chiqarishga doir talablar, organik mahsulotlarni davlatimiz hududiga olib kirish va respublikamizdan olib chiqish tartibi mustahkamlanmoqda.

Qonunning qabul qilinishi organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xomashyo ishlab chiqarish tizimidagi munosabatlarni shakllantirishning huquqiy asosini yaratish, organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xomashyo ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish, shuningdek, xo‘jalik subyektlari uchun munosabatlarni mufassal huquqiy tartibga solishga yordam beradi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning 2021 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti ham eshitildi.

Shuningdek, Qo‘mita huzuridagi Ekspertlar kengashining yangi tarkibi tasdiqlanib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Qo‘mita majlisida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

 

https://senat.uz/oz/about/press 

 

 

 

birds birds