calendar 14 Oktabr 15:31

"Suv resurslaridan tejamkor foydalanamiz"

Narzullo Oblomurodov:

"Suv resurslaridan oqilona va tejamkor foydalanish, jamiyatimizda suv iste’moli madaniyatini oshirish va suvga nisbatan tejamkorona munosabatni shakllantirish eng ustuvor yo‘nalishlardan hisoblanadi. 

 

Ushbu maqsadda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

 

-qishloq xo‘jaligi, sanoat va iqtisodiyot tarmoqlarida suvning mahsuldorligini oshirishga qaratilgan Milliy dastur ishlab chiqish;

 

-suv resurslarining hisobini yuritish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish va suvdan foydalanish samaradorligini yanada oshirish;

-qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suv tejamkor texnologiyalarni keng joriy qilish, shuningdek tejamkor texnologiyalarni joriy qilishni davlat tomonidan rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish;

 

-aholining suvni asrash, suv resurslaridan samarali va tejamkor foydalanishni tashkil etish bo‘yicha huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, suv tejamkor texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha ta’lim dasturlarini kengaytirish."

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Matbuot xizmati

birds birds