calendar 12 Oktabr 15:10

Urganch davlat universitetida

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narzullo Oblomurodovning navbatdagi manzili Urganch davlat universiteti bo‘ldi. Nomzod bu yerda oliy ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar bilan uchrashdi.

 

Narzullo Oblomurodov zamon talablarga mos malakali ekologlarni tayyorlash, tashkilot va korxonalarda nazorat, audit bo‘limlari bo‘lgani kabi ekolik nazorat bo‘lishi ham kerakligini ta’kidladi.

—Bugun bo‘lmasa ertaga hamma soha shu talabga o‘tadi. Kafedrada shu talabga javob beradigan holat shakllanish kerak. Ilmiy laboratoriyalar, texnik ta’minoti ham shunga tayyor bo‘lishi kerak. Ko‘p korxonalarda bo‘lib, mavjud laboratoriyalar faoliyati bilan tanishdim. U yerda ishlashning o‘zi katta bir sharaf bo‘lishi kerak. Shunday korxonalarni biz ko‘paytirishimiz kerak. Shunda talab ham, kadrlarning malakasi ham rag‘bati ham oshadi. Shu talablarga javob beradigan yoshlarni sizlar yetkazib berasizlar, — dedi N.Oblomurodov.

Universitet — oliy dargoh. Bu yerda ta’lim olishning o‘zi bir baxt. Muassasada ishlashning o‘zi katta mas’uliyat. O‘qituvchilarimiz har doim o‘z ustida ishlashi lozim. Kechagi talablar bugun kunga javob bermaydi. Shuning uchun o‘qituvchining kasbi og‘ir. O‘qituvchining nonini yeyish oson emas,—dedi Narzullo Oblomurodov.

Samimiy suhbat davomida Prezidentlikka nomzod ilmiy ish bilan shug‘ullanayotgan bir guruh yoshlarga o‘z tavsiyalarini berdi. Ilmiy ish bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarni doim qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Narzullo Oblomurodov uchrashuv yakunida olimlar va professorlarga sog‘liq va ishlarida muvaffaqiyat tiladi.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Matbuot xizmati

birds birds