calendar 12 Oktabr 15:48

Ishonchli vakil Chilonzorda bo‘ldi

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narzullo Oblomurodovning ishonchli vakili X.Gapparov poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi saylovchilar bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida uchrashdi.

Unda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputatlari, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Toshkent shahar boshqarmasi vakillari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti xodimlari, jamoat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari, partiya faollari, tuman ahli va OAV vakillari ishtirok etdi.

X.Gapparov saylovchilarga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodovning tarjimai holi va saylovoldi dasturda belgilangan vazifalar, jumladan,  mamlakatning barqaror rivojlanishini ta’minlash, “yashil” iqtisodiyotga o‘tishni jadallashtirish, qayta tiklanuvchi va muqobil energiyani rivojlantirish hamda iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish, ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirish, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish, iqlim o‘zgarishiga moslashish, orol fojeasi oqibatlarini yumshatish va Orolbo‘yi hududini yanada rivojlantirish, Davlat va jamiyat boshqaruvi, sud-xuquq tizimida islohotlar samaradorligini oshirish, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ilm-fan va madaniy–ma’rifiy sohalarni yanada rivojlantirish, tashqi siyosat va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi muhim ustuvor vazifalar bilan tanishtirib o‘tdi.

Uchrashuv so‘ngida Chilonzor tumani saylovchilari o‘zini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar oldi.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Matbuot xizmati

 

 

 

birds birds