calendar 26 May 05:58

Iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatishda huquqiy normalarni takomillash talab etiladi

Bugungi kunda O‘zbekiston Iqlim iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va bartaraf etish yo‘lida faol harakat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktabrdagi “2019-2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4477-son qarori va 2019 yil 30 oktabrdagi PF-5863-son farmoni bilan tasdiqlangan “ 2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish KONSEPTSIYASI” iqlim o‘zgarishlarining oldini olish va unga moslashishga oid chora-tadbirlarni ko‘zda tutadi.


Toshkent davlat yuridik universitetida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va bartaraf etish bo‘yicha huquqiy normalarni takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ham iqlim o‘zgarishiga oid huquqiy masalalar ilmiy jamoa va amaliyotchi mutaxasisslar ishtirokida keng muhokama qilindi. Konferensiya BMT Taraqqiyot dasturining “Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi va barqaror rivojlanish” loyihasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.


Konferensiyada iqlim o‘zgarishiga moslashishning institutsional asoslari, O‘zbekistonni favqulodda iqlim sharoitidan himoya qilishda atrof-muhit bo‘yicha korporativ mas’uliyat va mustahkam iqlim o‘zgarishi bo‘yicha qonunchilik bazasi, O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatishning asosiy yo‘nalishlari sifatida o‘rmonlar barpo etish va hududlarni obodonlashtirish, iqlim beqarorligi xavfi va barqarorlikni oshirish choralarini O‘zbekistonning qonun hujjatlariga kiritilishi, Parij bitimi, Yashil bitim kabi tashabbuslar bo‘yicha muvaffaqiyatga erishish va O‘zbekiston bilan hamkorlik, xorijiy mamlakatlar tajribasi kabi masalalar muhokama qilindi.


Shuningdek, barqaror rivojlanish sharoitida iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston qonunchiligini takomillashtirishga doir ilmiy va amaliy takliflar ham bildirildi.


Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi “Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi va barqaror rivojlanish” mintaqaviy loyihasi, Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Qonunchilik va qiyosiy huquq instituti, O‘zbekiston Respublikasi O‘zgidromet ilmiy-tadqiqot gidrometeorologiya instituti vakillari ishtirok etdi.


Konferensiya ishida Qozog‘istonAmerika erkin universiteti, Al-Farabiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi Volgograd boshqaruv instituti (RANXiGS), Yevropa Osiyo tadqiqotlari instituti tadqiqotchilari, Buyuk Britaniya, Germaniya, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari, hamda professor-o‘qituvchilar, jumladan, xorijiy olimlar, shuningdek, universitetning ilmiy izlanuvchilari va magistrlari faol ishtirok etdi.

birds birds