calendar 14 Fevral 11:10

Aholini qiynab kelayotgan muammo bartaraf etilmoqda

Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizni har tomonlama gullab yashnashi borasida olib borilayotgan ulug‘ va maqsadli ishlardan biri atrof-muhit va insonlar salomatligini kafolatli muhofaza qilishdir. Ayniqsa, zaminimizni chiqindilardan xoli hududga aylantirish masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda.

 

Xorazm viloyatining O‘rganch tumanidagi “Cho‘lobod” mahallasi, Gʻaybu qishlog‘i yaqinidagi chiqindi poligoni 1980 yillarda tashkil qilingan. Albatta 40 yil oldin poligon aholi yashash joylaridan yetarli daraja uzoqda bo‘lgan. Ammo shahar va qishloqlar kengayishi natijasida aholi yashash joylari poligonga ancha yaqinlashib qolgan. Ayni paytda poligondan “Cho‘lobod” mahallasigacha bo‘lgan masofa atigi 1-1,5 kilometrni tashkil qiladi.

“Cho‘labod” mahallasi aholisi tomonidan chiqindi poligonidan tarqalayotgan badbo‘y hiddan odamlar aziyat chekayotgani, hududning sanitariya holati yomonlashayotgani yuzasidan yo‘llagan murojaatni o‘rganish va ijobiy hal qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Davlat ekologiya qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi Kamolbek Jumaniyozov voqea joyiga borib jarayon bilan tanishdi.

Hozirgi kunda ushbu chiqindi poligonida Davlat ekologiya qo‘mitasi tashabbusi bilan rekultivasiya qilish va ko‘mish ishlari boshlab yuborilgan. “Urganch Avto Eko trans” MCHJ tasarrufida faoliyat ko‘rsatayotgan poligonda 50 dan ziyod texnikalar jalb qilingan bo‘lib, chiqindilarni ko‘mish ishlari qizg‘in davom etmoqda. 

Olib borilayotgan ishlar natijasida “Cho‘labod” mahallasida yashovchi fuqarolar uchun chiqindi poligonining zararli tasiri kamayib, ekologik holat yaxshilanadi.

birds birds