calendar 01 Aprel 05:33

Qoraqalpog‘iston va Xorazm iqlimiga qanday daraxtlar mos keladi?

Bu haqda Ellikqal’a tumanidagi Jaloliddin Manguberdi nomli istirohat bog‘ida tashkil etilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida daraxt ko‘chatlarini ekish, sug‘orish tizimlarini tashkil etish va parvarish qilish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminarda aytib o‘tildi.

Tadbirda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari, Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N. Oblomuradov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi,  Qoraqalpog‘iston Respublikasi partiya tashkiloti vakillari ishtirok etishdi.

Jaloliddin Manguberdi nomli istirohat bog‘i hududiga manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, tabiatni asrab-avaylashga qaratilgan ko‘rgazma namoyish etildi.

Seminarda olim va mutaxassislar tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati tabiiy-iqlim sharoitidan kelib chiqib sug‘orish tizimlarini tashkil etish, iqlimiga mos ko‘chatlarning yangi navlarini yaratish va parvarishlash, ko‘chat ekish agrotexnikasini to‘g‘ri tashkil qilish, ushbu hududlar iqlim sharoitiga mos va sho‘rga chidamli yangi o‘simlik turlarini ko‘paytirish, ekiladigan ko‘chatlarni kasallik va zarakunandalardan asrash kabi qator mavzularda ma’ruza qilinib, amaliy tajriba almashildi.

birds birds