calendar 02 Noyabr 06:56

Chiroqchi tumani maydonining yarmidan ko‘p qismi minerallashgan sizot suvlari yuqori darajada saqlanib turilishi tufayli ikkilamchi sho‘rlanishga moyil yerlar hisoblanadi.

Tuproq va iqlim sharoit og‘ir bo‘lgan hududlarda ilmiy asoslangan, moslashgan va sinovlardan o‘tkazilgan daraxt va buta ko‘chatlari ekish orqali o‘rmonzorlar yaratish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. 


Chiroqchi tumani maydonining yarmidan ko‘p qismi minerallashgan sizot suvlari yuqori darajada saqlanib turilishi tufayli ikkilamchi sho‘rlanishga moyil yerlar hisoblanadi. 

 

Shu kunlarda  tumandagi Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida xo‘jalik xodimlari hamda Ekopartiya a’zolari hamkorligida ixota daraxt ko‘chatlarini o‘tqazish ishlari olib borilmoqda.


Shuningdek, tumanning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, daraxt turlarini tanlash va himoya o‘rmonzorlarini barpo etish bo‘yicha ham xo‘jalik xodimlari tomonidan maqsadli ishlar olib borilmoqda.

 

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Matubot xizmati

birds birds