calendar 14 Oktabr 15:36

N.Oblomurodov: " Ilmiy izlanishlar —innovatsion loyihalar"

Narzullo Oblomurodov Buxoro uchrashuvi davomida professor-o‘qituvchilar bilan ham uchrashdi.

 

Ilm-fan fidoiylari bilan samimiy muloqot davomida viloyatning o‘ziga xos tabiati, flora va fauna olami, ekologik muammolari, bu boradagi ilmiy izlanishlar haqida so‘z bordi. 

 

Narzullo Oblomurodov olimlar bilan uchrashuv jarayonida suv resurslarini tejash, biologik usulda suvni tozalash, suv tejamkor va sho‘r yuvish bo‘yicha texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha innovatsion loyihalar bilan tanishdi.  

“Maydonining anchagina qismi cho‘llardan iborat vohaning o‘ziga xos tabiati bor. Shuning uchun hududning iqlim va tuproq sharoitiga mos bo‘lgan manzarali daraxtlarni ko‘paytirish talab qilinadi. Buxoroning cho‘l hududlarida ixotazorlar tashkil etishimiz zarur,” - dedi Narzullo Oblomurodov.

 

Shuningdek, nomzod yosh olimlarning ilmiy asoslangan g‘oya va tashabbuslarini amaliyotga joriy qilish lozimligini ham ta’kidladi. Olimlarga yetuk kadrlar tarbiyalash va ularning nazariy bilimlarini amaliyot bilan boyitib borishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratib berish zarurligini aytib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida prezidentlikka nomzod viloyatda barpo qilinayotgan “Yashil belbog‘” voha tabiatining musaffoligini ta’minlashda benihoya muhim ekanligini bildirdi.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Matbuot xizmati

birds birds