calendar 29 Iyun 08:00

Ekologik huquqiy normalarni Konstitutsiya bilan mustahkamlash...

Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Qashqadaryo viloyat Kengashi tomonidan Kitob tumanidagi “Musiqa va sanʼat maktabi”ning majlislar zalida “Ekologik huquqiy normalarni Konstitutsiya bilan mustahkamlash” mavzusida ochiq muloqot oʼtkazildi. 

 

 

Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati Islom Xushvaqtov, Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi oʼrinbosari Аbdushukur Xamzaev, partiyaning Qashqadaryo viloyat, tuman (shahar) Kengashlari xodimlari, faol aʼzolar, ekologlar, hudud aholisi hamda OАV ishtirok etgan ochiq muloqotda "Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida"gi Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi boʼyicha tushuncha berildi. 

 

 

Ochiq muloqotda soʼzga chiqqanlar Konstitutsiya - jamiyatning rivojlanishida ustun boʼlib xizmat qiladigan hujjat ekanligini taʼkidlashdi. Bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar, rivojlanish, yuksalishlar davom etayotgan bir vaqtda Bosh Qomusimizda ham islohotlar olib borishni taqozo qiladi. Mamlakatimizda 25 iyundan 5 iyulgacha “Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining umumxalq muhokamasiga start berilgani taʼkidlanib, keyingi yillarda yurtimizda yuz bergan oʼzgarish va yangilanishlar, Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʼzgartish va qoʼshimchalarning mazmun-mohiyati haqida atroflicha fikr yuritildi.

 

 

Taʼkidlanishicha, hozirgi kunga qadar Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish boʼyicha keng jamoatchilik tomonidan jami 50 mingdan ortiq takliflar yuborilgan. Ushbu takliflarda “inson – jamiyat – davlat” tamoyili asosida inson huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini yuksaltirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, munosib mehnat sharoitlarini yaratish, yoshlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, taʼlim, ilm-fan sohalarini taraqqiy ettirish, xususiy mulk daxlsizligini yanada mustahkamlash, fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish, oila institutini rivojlantirish, boy tarixiy va madaniy merosimizni munosib saqlab qolish, ekologik huquqlar va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratilgan. 

 

 

Ochiq muloqot davomida ishtirokchilar tomonidan konstitutsiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish, umumxalq muhokamasi jarayonlarini samarali oʼtkazish boʼyicha takliflar, mulohazalar bildirildi.  Yakunda berilgan savollarga batafsil javob qaytarildi.  Eslatib oʼtamiz, tashrif davomidagi yana bir tadbir Chiroqchi tumani hokimligi binosida oʼtkazilishi rejalashtirilgan.

 

 

birds birds