calendar 31 May 05:57

Buxorodagi “Zikri (Kemachi)” tabiiy ko‘li istiqboldagi noyob ekoturistik maskan

Zikri (Kemachi) tabiiy suv havzasi Qorovulbozor tuman hududida joylashgan bo‘lib Buxoro shahridan 80 km janubi-sharqda joylashgan. Ushbu tabiiy suv havza 1990 yillarda Qashqadaryo viloyatidan oqib keluvchi zovurlarning tashlanmasidan hosil bo‘lgan. Suv olish manbasi Devxona o‘zani. Suv sig‘imi 2003-yilda 58 mln m³. tashkil qilgan. Hozirgi vaqtda suvlik maydoni 650 gektarni tashkil qiladi. Buning sababi quyiladigan suvning kamayishi va bug‘lanishning yuqori bo‘lishi. Zikri tabiiy suv havzasining atrofidan 25 ga yaqin cho‘l o‘simliklari mavjud.


Bu yerda nodir qush turlaridan jingilador birqozon-beloglazaya chernet-savka. Turli yillarda suv havzasida qishlovchi turlardan dominantlik qiladiganlari qashqaldoq–Fulica atra va kulrang g‘oz–Anser anser. Ko‘p sonli uchrovchi turlardan yovvoyi o‘rdak–Anas platyrhynchos, krasnogolovaya chernet–Aythya ferina, krasnonosiy nirok–Netta rufina, shirokonoska–Anas clypeata, chirok-svistunok–Anas crecca. Ushbu tabiiy suv havzada zog‘ora, oq amur, oq do‘ngpeshona, qizilko‘z, qizilqanot kabi baliq turlari mavjud.

 


Qorovulbozor tumanidagi “Buxoroneftqurilishmontaj” ma’suliyati cheklangan jamiyatiga Qorovulbozor tuman xokimining 2018 yil 28 dekabrdagi 1034-sonli qaroriga asosan “Zikri”, “Devxona” va “Xadicha” tabiiy suv xavzalari va atrofidan 40000 gektar yer maydoni ov, plyaj va sport turizmlari bilan shug‘ullanish uchun zarur sharoitlar yaratish va ekoturizmni tashkil etiish maqsadida ajratilgan. “Buxoroneftqurilishmontaj” ma’suliyati cheklangan jamiyati tomonidan joriy yilda barcha qurilish ishlari amalga oshirildi. Hozirgi kunda ovchilik xo‘jaligi hududida turistlar dam olish xonalari, kafe, xojatxonalar, yuvinish xonalari va turistlarning o‘zlari ovqat tayyorlashi uchun oshxonalar mavjud.

 


Ekologiya va atrof muhit masalalarining dolzarb muammolari sohadagi yangiliklarni keng jamoatchilikka yetkazishda ommaviy axborot vositalari, bloger va mustaqil jurnalistlar, shuningdek, Ekologik partiya vakillari bilan yaqin hamkorlikni mustahkamlash maqsadida joriy yilning 30 may kuni Buxoro viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qilish boshqarmasi tomonidan OAV xodimlari jurnalist va blogerlar hamda Ekologik partiya vakillari ishtirokida Qorovulbozor tuman "Zikri" tabiiy ko‘liga press tur tashgkil etildi va matbuot anjumani o‘tkazildi.


Press tur davomida fuqarolarning ekologik madaniyatini oshirish eko turistik ob’ekt bilan tanishtirish hamda hududdagi noyob qushlar va qizil kitobga kiritilgan jonzodlarni qay sharoitda muhofaza qilinayotganligini keng auditoriyaga targ‘ibot qilishning zamonaviy usullari muhokoma qilinib tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

 

birds birds