calendar 29 Aprel 12:37

Umumxalq xayriya hasharida barchamiz faol ishtirok etaylik

Hukumatimizning tegishli farmoyishiga ko‘ra ertaga, 30 - aprel kuni “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

 

Ko‘p ming yillik tarixga ega bo‘lgan bu ezgu an’anada atrof-muhit, ko‘chalar, ariq va zovurlar, bog‘u rog‘lar tozalanib, obodonlashtiriladi, ko‘kalamzorlashtiriladi. To‘planib qolgan chiqindilar olinib, joylarda ekologik holat yaxshilanadi.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi barcha fuqarolarimizning umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etishga chorlaydi. Zero atrof-muhitning tozaligi ekologik holatni yaxshilanishiga olib keladi.

 

birds birds