calendar 07 Iyun 07:20

Konstitutsiyaviy islohotlarda jamoatchilik taklifini o‘rganish bo‘yicha tavsiyalar berildi

Xabaringiz bor, Senat va Qonunchilik palatasi Kengashlarining qo‘shma majlisida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya tuzish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan edi.


Komissiyaga o‘z faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholining barcha qatlamlaridan Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni olish borasida vazifalar qo‘yilgan.


Bugungi kunda keng jamoatchilikdan Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda ekologik huquqlar hamda atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga oid ilg‘or normalar ustuvor o‘rin egallashi, global iqlim o‘zgarishlarini hisobga olgan holda konstitutsiyaga maxsus ekologik boblarni kiritish kerakligi haqidagi ko‘plab tashabbuslar kelib tushmoqda.


Bugun O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan hududiy hamda tuman (shahar) partiya tashkilotlari ishtirokida (ZOOM ilovasi orqali) o‘tkazilgan yig‘ilishda Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha olib borilayotgan ishlardan xabardor qilish va ularning takliflarini o‘rganish hamda kelib tushayotgan takliflarni Konstitutsiyaviy komissiya yetkazish bo‘yicha fikr almashildi.


Yig‘ilishda so‘zga olgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari Xayrillo Gapporov hududiy hamda tuman (shahar) partiya tashkilotlari tomonidan Konstitutsiyaviy islohot jarayonini aholining keng qatlamiga targ‘ib qilish haqida so‘z yuritdi.


Shuningdek, aholining nafaqat ekologiya oid takliflarini, balki har qanday taklif va fikrlarini Markaziy Kengash va maxsus platformalar orqali yetkazish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

birds birds