calendar 22 Oktabr 14:50

Narzullo Oblomurodov o‘zining saylov oldi dasturi bilan saylovchilarni tanishtirdi

O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzod Narzullo Oblomurodov o‘zining saylov oldi dasturi bilan yig‘ilganlarni batafsil tanishtirdi.

 

Jumladan nomzod xo‘jalik faoliyatining atrof-muhitga ta’sirini baholash, ekologik ekspertiza jarayonini yanada takomillashtirish hamda ekologik masalalarda jamoatchilikni ishtirokini ta’minlash maqsadida qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning atrof-muhitga ta’sirini baholash tizimi joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni rivojlantirishning muhim strategik dasturlarini ishlab chiqishda ekologik xavfsizlik mezonlarini qo‘llash mexanizmini amalda joriy qilish, xalqaro standartlar asosida davlat ekologik ekspertizasi tizimi tubdan isloh qilish va jamoatchilik eshituvi institutini rivojlantirish,ekologik xavf-xatarlarni sug‘urtalashning amaliy mexanizmlarini joriy etish, tabiatga ta’sir ko‘rsatishning yuqori va o‘rtacha darajada xavfli toifasiga kiradigan ob’ektlarda xalqaro ekologik menejment tizimlarini joriy etish, shuningdek, mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarni ekologik sertifikatlash qamrovini kengaytirishga qaratilgan qonun hujjatlari ishlab chiqish taklif etilishi kabi muhim va dolzarb mavzularda so‘zladi.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Matbuot xizmati

birds birds