calendar 01 Mart 16:00

“Dolzarb 15 kunlik” doirasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi

Bugun O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashining kichik majlislar zalida “Biz kelajak uchun javobgarmiz” shiori ostida o‘tkazilgan “Dolzarb 15 kunlik” targ‘ibot tadbirlari tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

Joriy yilning 14- fevralidan 28- fevraliga qadar o‘tkazilgan “Dolzarb 15 kunlik” doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahardagi barcha tuman(shahar) partiya tashkilotlari tomonidan 15 kun davomida mahalla fuqarolar yig‘inlarida, umumta’lim maktablarida,  maktabgacha ta’lim tashkilotlarda, kasb-hunar kollejlarda, korxonalarda, davlat tashkilotlarda va tuman(shahar)lar hududdagi aholi gavjum joylarda Prezidentimiz tomonidan 2- fevralda bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

 

Targ‘ibot tadbirlari davomida 27731 nafar aholi va yosh avlodlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, atrof-muhitga oqilona munosabatda bo‘lish, tabiat ne’matlarini kelgusi avlodlar uchun asrab-avaylash hissini shakllantirish borasida tushuntirish ishlari olib borildi.

 

Bundan tashqari, “Dolzarb 15 kunlik” targ‘ibot tadbirlari davomida partiyaning joylardagi tuman(shahar) partiya tashkilotlari tomonidan 180 dan ortiq mahalliy chiqindilar tuman(shahar)lar aniqlanib, ushbu muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida tegishli soha tashkilotlarni jalb qilgan holda muammolar  bartaraf etildi.

 

Yig‘ilishda “Dolzarb 15 kunlik” targ‘ibot tadbirlarini faol tashkil etgan tuman (shahar) partiya tashkilotlarini rag‘batlantirish bo‘yicha qaror qabul qilinib, sustkashlikka yo‘l qo‘ygan partiya tashkilotlari faoliyati jiddiy tanqid qilindi.

Shuningdek “Yashil yillik” umummilliy tadbirlarida faollik ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Markaziy Kengashi matbuot xizmati

birds birds