“Xazonlarni yoqmang”!

Kuz mavsumida ariqlardagi chiqindi, atrofdagi xazonlar, chekka-chekkalarda yoqilayotgan xazonlar e’tiboringizni tortadi. Xazonlarni yoqish atrof-muhit, insonlar sog‘ligiga, o‘simlik dunyosiga ziyon yetkazadi. Bu borada targ‘ibot ishlarini olib borish maqsadga muvofiqdir.
Shu maqsadda Eko partiyadan Xalq deputatlari Namangan tuman Kengashi deputati hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Namangan tuman inspeksiyasi xodimlari tomonidan “Xazonlarni yoqmang” mavzuida aholi o‘rtasida ommaviy targ‘ibot tadbiriga start berildi.
Tashkilotchilar hamda ko‘ngillilar ishtirok etayotgan mazkur aksiya doirasida atrofdagi xazonlar va boshqa chiqindilar bartaraf etilmoqda.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Matbuot xizmati