calendar 13 Oktabr 13:28

Sirdaryoda ishonchli vakilning saylovoldi uchrashuvi

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodovning Sirdaryo viloyatidagi ishonchli vakili O. Begiyev ishtirokida Sirdaryo tumanidagi Bolalar musiqa va san’at maktabida saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi.

 

Unda ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturi bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi. Dasturga kiritilgan muhim bandlarni aytib o‘tdi.

 

O.Begievning qayd etishicha, global iqlim o‘zgarishlari, havo haroratining ko‘tarilishi, Orol dengizining qurishi, cho‘llanish, salbiy meteorologik jarayonlarning takrorlanishi, yer hamda suv resurslaridan nooqilona foydalanish, biologik xilma-xillikning qisqarishi, o‘simlik va hayvonot dunyosi genofondining yomonlashuvi, ko‘p miqdordagi sanoat va maishiy chiqindilarning to‘planishi global va mintaqaviy ekologik muammolarni kundan-kunga chuqurlashib borayotganidan dalolat bermoqda.

 

Ishonchli vakil saylovoldi dastur bilan tanishtirar ekan, davlat va jamiyat boshqaruvi, sud-huquq tizimida islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishini ta’kidladi.

Jumladan, Ekologik partiya tabiatni asrab-avaylash, mamlakatdagi daraxtlar va suv havzalarini, tabiiy yodgorliklarni salbiy antropogen ta’sirdan himoya qilish uchun katta sa’y-harakatlarni amalga oshiradi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni himoya qilish va ekologik huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonunchilik tashabbuslarini ilgari suradi.

 

O.Begiyev  saylovchilarni Narzullo Oblomurodovni qo‘llab-quvvatlashga, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, tabiatni asrab-avaylash, yashil taraqqiyotga erishish yo‘lida ovoz berishga chorladi.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Matbuot xizmat

birds birds