calendar 05 Oktabr 03:16

Narzullo Oblomurodov zamonaviy suv tozalash inshooti bilan tanishdi

Insonlarning farovon yashashi uchun turli xil mahsulotlarga ehtiyojlari ortayotgan bugungi kunda ishlab chiqarishga ketayotgan suvning ham miqdori ortmoqda. Ishlab chiqarish korxonalaridan chiqarilayotgan kimyoviy moddalar bilan zaharlangan suvlarni bir necha bosqichda tozalash talab etiladi. Zero, ularni tozalanmasdan tabiatga chiqarib tashlanishi ekologik muammolarni keltirib chiqaradi.

 

Ekopartiya rahbari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanidagi Nilgranit” (Samo brendi) xususiy korxonasining oqova suvlarini qayta ishlash inshootining qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Loyiha qiymati 13 milliard so‘mni tashkil etadigan mazkur korxona turkiyalik mutaxassislar tomonidan eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalar asosida barpo etilmoqda.

 

Inshoot ishga tushirilishi bilan ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘layotgan oqova chiqindi suvlar biologik va kimyoviy jihatdan tozalanib, rangsizlantirilgan holda ekinlarni sug‘orish imkoniyatini yaratadi. Inshootning qurilishi yashil iqtisodiyot tamoyiliga to‘la javob beradi.

 

Shuningdek, yaqin atrofdagi korxonalardan chiqadigan oqova suvlarni ham qayta ishlanishiga imkoniyat yaratadi.

 O‘zbekiston Ekologik partiyasi sanoat korxonalarining atrof-muhitga yetkazayotgan zararini kamaytirish maqsadida amalga oshirilayotgan bunday loyihalarni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.

 

  Zero, farovon turmush tarzi yaratishda eng avvalo, ona tabiatga bo‘lgan munosabatimizni o‘zgartirishimiz muhim ahamiyat kasb etadi. 

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Matbuot xizmati

birds birds