calendar 11 Oktabr 13:23

Marg‘ilonda saylovoldi uchrashuvi

Bugun Marg‘ilon shahridagi Madaniyat saroyida O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodovning saylovoldi dasturiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

 

Uchrashuvda partiya faollari va deputatlari, hudud aholisi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

 

Tadbirda Ekopartiyaning Farg‘ona viloyat Kengashi raisi Muhammadali Mahmudov Qo‘qon universiteti dotsenti Nigora Shomurodovalar so‘zga chiqib, Prezidentlikka nomzod N. Oblomurodovning tarjimai holi va saylov oldi dasturi bilan yig‘iganlarni tanishtirib o‘tdi.

Dasturda ilgari surilgan 7 ta asosiy yo‘nalish, yashil iqtisodiyotga o‘tishni jadallashtirish, qayta tiklanuvchi muqobil energiyani rivojlantirish, energiya samaradorligini oshirish, iqlim o‘zgarishlariga moslashish, Orol fojeasini yumshatish kabi muhim maqsad va vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

 

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar nomzodning saylovoldi dasturini qo‘llab-quvvatlab o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdi.

 

 

birds birds