calendar 30 May 09:08

“Bor ilm saviyamni tabiat muhofazasiga bag‘ishlayman” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputati, Yoshlar komissiyasi a'zosi Kamol Jumaniyozov ishtirokida Urganch Davlat Universiteti talabalari bilan “Bor ilm saviyamni tabiat muhofazasiga bag‘ishlayman” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida partiyaning yoshlarga oid yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilishda yoshlarning o‘rni, kelajak avlodga barqaror ekologik muhit qoldirishda ekologik bilimlarning naqadar muhimligi tushuntirildi. Uchrashuv qiziqarli fikr-mulohazalarga va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.

birds birds